Numan Kurtulmush Turk dunyosi birligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Numan Kurtulmush, Ozarbayjonning Mustaqillik va qurolli kuchlar bayrami munosabati bilan uyushtirilgan dasturda ishtirok etdi.

2144283
Numan Kurtulmush Turk dunyosi birligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Numan Kurtulmush, “Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini yana - da mustahkamlash uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz”, - dedi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Ozarbayjonning Mustaqillik va qurolli kuchlar bayrami munosabati bilan Anqaraning Beshtepe mahallasida joylashgan prezidentlik kulliyasi ichida o‘rin olgan Xalq kongress va madaniyat markazida uyushtirilgan dasturda ishtirok etdi.

Unda so‘zlagan nutqida avvalom bor Ozarbayjonni Mustaqillik kuni bilan tabriklagan Kurtulmush, ortidan, dunyoda yuz berayotgan voqealarga e’tibor qaratdi. Keyin esa, bu voqealarning kelajakda dunyo kun tartibini tubdan o‘zgartiruvchi yangi kuch markazlari yaratishi tabiiy hol ekanini qayd etdi.

Bu jarayonda Turk dunyosining birligi muhim ekanini ifoda etgan Kurtulmush, Ozarbayjon bilan Turkiya, Turk dunyosining rivojlanishida alohida o‘ringa ega bo‘lishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ikki davlat o‘rtasida ayniqsa oxirgi yillarda rivoj topayotgan yaxshi munosaabtlarning Turk davlatlariga namuna bo‘lishini ta’kidlagan Kurtulmush:

“Ayniqsa oxirgi vaqtlarda Ozarbayjon qo‘lga kiritgan tarixiy muvaffaqiyatlarni mamnuniyat bilan kuzatib boryapmiz va bu muvaffaqiyatlarning davom etishini tilaymiz”. - dedi.

Ayni vaqtda Turkiya bilan Ozarbayjon qo‘ldagi bor imkoniyatlarini a’lo darajada foydalanayotganiga e’tibor qaratib, bu boradagi qarorliligi bilan sa’y – harakatini yuqori baholashini bildirgan Kurtulmush so‘zlari yakunida:

“Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi bu mustahkam aloqalar, diqqat markazini yaratish orqali Turkiy Davlatlar Tashkilotining kelasi davrda dunyodagi eng samarali va koʻp qirrali tashkilotlardan biriga aylanishiga yo‘l ochadi.

Kelajakda Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini yana - da mustahkamlash uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar