Bryusselda «Falastin» masalasi ustidan yigʻilish uyushtirilmoqda

Hakan Fidan, «Falastin» masalasi ustidan uyushtirilgan yigʻilishlarda ishtirok etish uchun bugun Belgiya poytaxti Bryusselga boradi.

2144265
Bryusselda «Falastin» masalasi ustidan yigʻilish uyushtirilmoqda

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, «Falastin» masalasi ustidan uyushtirilgan yigʻilishlarda ishtirok etish uchun bugun Belgiya poytaxti Bryusselga boradi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra unda, Gʻazodagi oxirgi vaziyatlar bilan insoniy holatlardan tashqari Falastinning yana – da koʻproq davlat tomonidan tan olinishi uchun kerakli chora va sa’y – harakatlar qoʻlga olinadi.

Hakan Fidan mazkur tashrif doirasida oʻzaro uchrashuvlar ham oʻtkazar ekan ayni vaqtda, «Xalqaro hamkorlar yigʻilishi»da ham ishtirok etadi. Ushbu yigʻilishda, Falastinga yordam berishni davom ettirayotgan xalqaro hamkorlar Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafa bilan uchrashadi.

Falastin Bosh vaziri Mustafa, yigʻilishda, hukumatining ustuvorliklari va rejalari haqida ma’ruza oʻqib, shu asosda Falastin duch kelgan vaziyatga e’tibor qaratishi kutilmoqda.

Ushbu yigʻilish munosabati bilan xalqaro hamkorlar, Falastin hukumati bilan interaktiv muloqot yuritadi.

G‘azoda zudlik bilan otashkesimni yoʻlga qoʻyish, insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish, G‘azoni qayta tiklash, islohotlar kun tartibi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari yangi Falastin hukumatining ustuvor vazifalari sifatida belgilab olindi.  

Gʻazoga insonparvarlik yordamining yirik qismi Turkiya tomonidan yuborilmoqda. Turkiya bunga qoʻshimcha ravishda siyosiy jihatdan ham Falastinni har platformada qoʻllab – quvvatlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Falastin , #Bryussel

Aloqador xabarlar