Erdo'g'an Turkiya bo'ylab 6,5 million turar-joy yangilanishini aytdi

Erdo'g'an bu haqda zilziladan jabrlangan Kahramanmarash viloyatidagi shaharni qayta tiklash bo’yicha tadbirda videokonferensiya orqali ishtiroki chog’ida tilga oldi.

2023179
Erdo'g'an Turkiya bo'ylab 6,5 million turar-joy yangilanishini aytdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya bo'ylab 6,5 million turar-joyni tezlik bilan yangilashni maqsad qilganligini aytdi.

Erdo'g'an bu haqda zilziladan jabrlangan Kahramanmarash viloyatidagi shaharni qayta tiklash bo’yicha tadbirda videokonferensiya orqali ishtiroki chog’ida tilga oldi.

Prezident o'z nutqida, 6 fevralda ro’y bergan dahshatli zilzilalarda zarar ko'rgan viloyatlarda bir yilda 319 ming turar joy qurib, o’z egalariga topshirishni maqsad qilganligini aytdi.

Bundan tashqari, hukumat sifatida zilziladan zarar ko‘rgan shaharlarda shahar maydonlari tashkil etiladi.

"Shunday qilib, har bir shahrimizda asrlar davomida yashaydigan obod markazlarga erishamiz. Zilzilada vayron boʻlgan shaharlarimizni infratuzilmasi va ustki tuzilishi bilan yanada ajoyib, falokatlarga bardoshli va kengroq qilib quramiz" dedi Erdo’g’an.

Har bir falokat zarur chora-tadbirlarni eslatishini ifoda etgan Erdo'g'an, shubhasiz, bu chora-tadbirlardan asosiysi shaharlarni mustahkam qilib qayta qurish ekanligini ta'kidladi.

"Turkiya bo'ylab 6,5 million turar joyni tezlik bilan qayta qurishni maqsad qilganmiz. Buni tugatganimizda, shaharlarimiz ham go'zal, ham zilzilalarga chidamli bo'ladi" deydi Turkiya yetakchisi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar