Erdo'g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

2018471
Erdo'g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi

 

Kecha, 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog'ida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali aloqalar izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, shu jumladan energetika, tog‘-kon, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi, xususan, oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.



Aloqador xabarlar