Turkiya va AQSh munosabatlari rivojlanishda davom etadi

Bu haqda Turk-Amerika Ish Kengashi (TAIK) va Amerika Kompaniyalar Uyushmasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2018050
Turkiya va AQSh munosabatlari rivojlanishda davom etadi

 

Turkiya va Amerika Qo'shma Shtatlari o'rtasidagi munosabatlar 2023 yilda ijobiy rivojlanishda davom etadi.

Bu haqda Turk-Amerika Ish Kengashi (TAIK) va Amerika Kompaniyalar Uyushmasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Bayonotga ko’ra, Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi savdo hajmi oxirgi 12 oyda 31,3 milliard dollar darajasiga yetdi.

Taxminan 200 yillik tarixga ega aloqalar 2023 yilning birinchi yarmida ortib borayotgan sarmoya va Turkiya bozoriga endigina kirib kelgan AQSh kompaniyalarining turli sohalarga bo'lgan qiziqishi bilan jadal davom etdi.

Bayonotda fikrlari o'rin olgan Amerika Kompaniyalar Uyushmasining Turkiya boshqaruvi raisi Tankut Turnaog'lu, Turkiya va AQSh o'rtasidagi uzoq yillik mustahkam aloqalar dunyodagi eng muhim va chuqur ildiz otgan strategik munosabatlardan biri ekanini ta'kidlab, diqqatni ikki davlat oʻrtasidagi strategik munosabatlardagi savdo va sarmoyaning muhim ahamiyatiga qatardi.

Turnaog'lu, Amerika Kompaniyalar Uyushmasining Turkiya boshqaruvi sifatida Turkiya iqtisodiyotiga har yili 60 milliard dollar hissa qo'shadigan amerikalik 125 kompaniyaga vakillik qilganligini va asosiy maqsad Turkiyani global bozorlarga olib chiqadigan bir kuch bo'lish ekanini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, AQSh kompaniyalari Turkiyani mintaqaviy markaz sifatida baholaydi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar