Erdo‘g‘an:"Maqsad terror tashkilotlarini mamlakatimizdan daf qilish"

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Maqsadimiz terror tashkilotlarini mamlakatimizga tahdid qilishdan butunlay chiqarib tashlash” dedi.

2016616
Erdo‘g‘an:"Maqsad terror tashkilotlarini mamlakatimizdan daf qilish"

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,

Maqsadimiz terror tashkilotlarini mamlakatimizga tahdid qilishdan butunlay chiqarib tashlash” dedi.

Erdo’g'an poytaxt Anqaradagi Go'lboshi politsiya akademiyasida bo'lib o'tgan Politsiya kasb-hunar maktablari bitiruv marosimida so'zlagan nutqida, bo'lginchi terror tashkilotida ishtirok etishning deyarli to'xtab qolganiga e'tibor qaratdi.

"Turkiyaga qayerda bo'lmasin yetib boradigan iflos qo'llarni sindirishga qaror qildik. Maqsadimiz terror tashkilotlarini o'lkamizga tahdid qilishdan butunlay olib tashlash". Deb  gapirdi

Turkiyaning imperialistik kuchlar tomonidan  boshiga tushgan terror balosidan xalos boʻlishi hayotiy   ekanini taʼkidlagan Erdogʻan,  Uning aytishicha, nafaqat xavfsizlik, balki iqtisodiyotdan demokratiyaga, tashqi siyosatdan milliy birlik va yaxlitlikka qaratilgan tashabbuslarning barbod bo‘lishi terrorizm balosidan butunlay qutulishga bog‘liq dedi.

Prezident Erdog’an o’z nutqida muhojirlar muammosini hal qilishning yo’li terror tashkilotlariga qarshi muvaffaqiyatli kurashdan o’tganini ham ta’kidladi.

Turkiya va uning iqtisodiga hissa qo'shgan har bir kishi uchun eshiklari ochiq ekanini ta'kidlagan Erdo'g'an, “Jinoyatga aralashganlar, jamiyat tinchligini buzayotganlar va mamlakatimizda noqonuniy bo‘lganlar deportatsiya qilinmoqda.Oxirgi ikki oyda 36 ming noqonuniy migrant qo‘lga olindi.  Ulardan 16 ming nafari deportatsiya qilingan. Qolgan jarayonlar davom etmoqda. Umid qilamanki, biz bu masalani madaniyatimiz, e'tiqodimiz, qonunimiz va adolatimiz asosida hal qilamiz ", dedi u.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bartaraf , #Tahdid , #Terror , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar