Falastin va Isroil yetakchilari Turkiyaga tashrif buyuradi

Prezident idorasi ma'lum qilishicha, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 25 iyul kuni Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbosni, 28 iyul kuni esa Isroil Bosh vaziri Netanyahuni qabul qiladi.

2014265
Falastin va Isroil yetakchilari Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu kelasi hafta Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezident idorasi ma'lum qilishicha, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 25 iyul kuni Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbosni, 28 iyul kuni esa Isroil Bosh vaziri Netanyahuni qabul qiladi.

Mazkur tashrif Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Yetakchilar Anqarada dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashadi.

Shuningdek, Mahmud Abbosning Prezident Erdo'g'an bilan bo'lib o'tadigan rasmiy uchrashuvlarida Turkiya-Falastin munosabatlari, Isroil-Falastin mojarosidagi so'nggi o'zgarishlar va boshqa dolzarb mintaqaviy va xalqaro mavzular muhokama qilinishi bildirildi.

Turkiya bilan do'st va qardosh Falastin davlati o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar ham yig'ilish kun tartibidan joy oladi.

Netanyahuning tashrifi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda Turkiya va Isroil o'rtasidagi munosabatlar har tomonlama ko'zdan kechiriladi, hamkorlikni rivojlantirish uchun tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar muhokama qilinadi.

Taʼkidlanishicha, muzokaralar chogʻida dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar