Hakan Fidan islom davlatlari TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

TIV rahbarlari Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’onga uyushtirilgan hujum doirasida Yevropada islomga qarshi nafrat jinoyatlarining kuchayishi munosabati bilan Islom Hamkorlik Tashkilotini safarbar qilish masalasini muhokama qildi.

2014206
Hakan Fidan islom davlatlari TIV rahbarlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur'onni nishonga olgan hujumlar bilan bog'liq bir qator davlatlarning tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi ishlar vazirligidan berilgan ma'lumotga ko'ra, Hakan Fidan Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan, Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukri va Liviya Milliy birlik hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe bilan telefon orqali muloqot qildi.

TIV rahbarlari muloqot chog'ida, kecha Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’onga uyushtirilgan hujum doirasida Yevropada islomga qarshi nafrat jinoyatlarining kuchayishi munosabati bilan Islom Hamkorlik Tashkilotini safarbar qilish va birgalikda olib boriladigan chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Hakan Fidan shuningdek, Liviya Milliy Birlik Hukumati Bosh vaziri Dibeybe bilan Qur’oni qilingan jirkanch hujumga birgalikda keskin javob berish masalasini muhokama qildi.


Tanlangan kalimalar: #Qur'on , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar