Erdo'g'an bugun rasmiy tashrif bilan Ko'rfaz davlatlariga jo'nab ketadi

Erdo’g’an hamkasblari bilan uchrashish uchun Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi.

2012119
Erdo'g'an bugun rasmiy tashrif bilan Ko'rfaz davlatlariga jo'nab ketadi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an  bugun  Ko'rfaz o'lkalariga tashrif buyuradi

Erdo’g’an hamkasblari bilan uchrashish uchun Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi.

Erdo'g'an, birinchi manzili Saudiya Arabistonida Qirol Salmon bin-Abdulaziz bilan uchrashadi va Saudiya Arabistoni-Turkiya biznes forumida ishtirok etadi.

Prezident Erdog’an  ertaga Qatarda, keyin esa Birlashgan Arab Amirliklarida bo’ladi.

Tashriflar chog'ida Erdo'g'anning sog'liqni saqlash, energiya va mudofaa sanoati kabi turli sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Yaqinda Vitse-prezident Jevdet Yilmaz va Xaznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek ham mintaqaga tashrif buyurib, bir qator uchrashuvlar o'tkazgan edi.



Aloqador xabarlar