Prezident Erdo‘g‘an shaxsiga minnatdorchilik bildirgan AQSh Prezidentiga javob berdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, shaxsiga minnatdorchilik bildirgan AQSh Prezidenti Jo Baydenga javob berdi.

2010552
Prezident Erdo‘g‘an shaxsiga minnatdorchilik bildirgan AQSh Prezidentiga javob berdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO sammiti haqida Twitter hisobida post qoldirib, shaxsiga minnatdorchilik bildirgan AQSh Prezidenti Jo Baydenga javob berdi.

Unda Turkiya sifatida har doimgidek NATOning kengayishi va ittifoqning mustahkamlanishini samimiyat, mas’uliyat hissi va prinsipial pozitsiya bilan qo‘llab-quvvatlashni davom etishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Ittifoqimiz tomonidan barcha xavfsizlik muammolariga, xususan, terrorizmga qarshi kurashda kuchli yechimlar yaratilishi, ittifoqchilar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi mintaqaviy va global tinchlik oʻrnatishda katta rol oʻynaydi degan fikrdaman. Turkiyaning xavfsizlik borasidagi xavotirlari va g‘alaba qozonish tamoyili asosida shakllangan mintaqaviy va global tashabbuslar hisobga olinar ekan, konstruktiv pozitsiyamizni saqlab qolamiz. Janob Prezident, ittifoqni qo‘llab-quvvatlaganingiz, ezgu tilaklaringiz va maqtovlaringiz uchun tashakkur”.

AQSh Prezidenti Jo Bayden, Prezident Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvi haqidagi tasvirlar o‘rin olgan video kollajini Twitter hisobi orqali bo‘lishib: “Kecha Turkiya Shvetsiyaning NATOga a‘zo bo‘lishi masalasida tarixiy kelishuvga erishdi. Prezident Erdo‘g‘an jasoratingiz, yetakchiligingiz va diplomatiyangiz uchun rahmat aytamiz”.-degan ifodalarga o‘rin bergandi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #NATO , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar