Mitsotakis Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi hamkorlikni yaxshilash niyatida

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisning fikricha, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog'an bilan NATO sammiti doirasidagi uchrashuvining eng muhim natijasi, har ikki yetakchining yaxshi niyat bilan yanada yaqinlashish istagi borligini ko'rsatadi.

2010616
Mitsotakis Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi hamkorlikni yaxshilash niyatida

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisning fikricha, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog'an bilan NATO sammiti doirasidagi uchrashuvining eng muhim natijasi, har ikki yetakchining yaxshi niyat bilan yanada yaqinlashish istagi borligini ko'rsatadi.

Mitsotakis bu so'zlarni Litva poytaxti Vilnyusda NATO sammiti yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida tilga oldi.

Erdog'an bilan NATO doirasida o'tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvning yaxshi muhitda o'tganini ta'kidlagan Michotakis, “Bugungi uchrashuvimiz mening va Prezident Erdog’anning Turkiya-Gretsiya munosabatlarining tiklanishi va kelgusi oylarda qanday harakat qilishimiz hamda yo’l xaritasiga amal qilishimiz haqidagi niyatlarini yana bir bor oshkor qildi”,-dedi.

Mitsotakisning ta'kidlashicha, Selanikda Erdog'an bilan Oliy darajadagi hamkorlik kengashi doirasida yana uchrashish rejalashtirilgan.

“Bu biz va Turkiya oʻrtasidagi muhim muammolar sehrli tarzda hal etilganini anglatmaydi, lekin ishonamanki, har ikki yetakchi ham ijobiy nuqtai nazar bilan yana yaqinlashishga tayyorligini koʻrsatmoqda va bu bugungi uchrashuvning eng muhim natijasidir, nazarimda",-deydi u.

Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi hamkorlikni yaxshilash niyati siyosiy muloqot, ishonchni mustahkamlash choralari va ijobiy kun tartibi bo'lgan uchta asosiy jihatga ega ekanligini ta'kidlagan Mitsotakis, tashqi ishlar vazirlari rahbarligida amalga oshiriladigan siyosiy muloqot doirasida muhim geosiyosiy masalalar va dengiz yurisdiksiyasi hududlari, Eksklyuziv iqtisodiy zona va qit’a shelfi kabi masalalar muhokama qilinishini qayd etdi.

Michotakis ijobiy kun tartibi doirasida iqtisodiyot, energetika va fuqaro muhofazasi kabi turli sohalarda hamkorlik qilishini bildirdi.

Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlarining Yevropa Ittifoqi Kengashida muhokama qilinishini ifoda etgan Michotakis, Turk-Yunon munosabatlaridagi yaqinlashish Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashishiga ham yordam berishini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar