Turkiya va Shvetsiya o'zaro kelishuvga erishdi

Shvetsiya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayonini, jumladan Bojxona ittifoqini yangilash va vizalar liberalizatsiyasini faol ravishda qo'llab-quvvatlaydi.

2009539
Turkiya va Shvetsiya o'zaro kelishuvga erishdi

 

Kecha Vilnyusda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muzokarachilar Stokgolmning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi mavzusini muhokama qilgan. Uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan. 

Maslahatlashuvlar NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 

Qayd etilishicha, Shvetsiya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayonini, jumladan Bojxona ittifoqini yangilash va vizalar liberalizatsiyasini faol ravishda qo'llab-quvvatlaydi.

Turkiya, Shvetsiya va NATO o'rtasidagi uch tomonlama uchrashuvdan so’ng berilgan yozma bayonotda, Turkiya Shvetsiyaning NATO harbiy alyansiga qo‘shilish bo’yicha protokollarini Turkiya parlamentiga yuborishi, Shvetsiya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayonini jonlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Turkiya va Shvetsiya 2022-yilgi Madrid NATO sammitida tashkil etilgan Doimiy uch tomonlama mushtarak mexanizm hamda vazirlar darajasida yiliga bir marta uchrashadigan yangi ikki tomonlama Xavfsizlik Mexanizmi doirasida hamkorlikni davom ettirish va tegishli ishchi guruhlar tashkil etish borasida kelishib olganligi qayd etildi.

"Xavfsizlik qo‘mitasining birinchi yig‘ilishida Shvetsiya terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish asosida uch tomonlama memorandumning barcha elementlarini, jumladan, 4-moddani to‘liq amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini taqdim etadi. Shvetsiya Turkiyada YPG/PYD va FETO deb atalgan terror  tashkilotlarini qo'llab-quvvatlamasligini tasdiqlaydi. Turkiya va Shvetsiya terrorizmga qarshi hamkorlik Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishidan keyin ham davom etadi. Bu uzoq muddatli harakat ekanligiga kelishib oldilar”,-deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, ikki davlat Turkiya-Shvetsiya qo'shma iqtisodiy va savdo qo'mitasi (JETCO) orqali iqtisodiy hamkorlikni oshirishga ham kelishib olgan, ayni vaqtda tomonlarning o'zaro savdo va sarmoyalarni oshirish uchun imkoniyatlarni maksimal darajada oshirish yo'llarini qidirishga kelishib olgan.

"Shvetsiya Turkiyaning Turkiya-Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqini yangilash va Yevropa Ittifoqiga a'zolik jarayonini jonlantirish, jumladan vizani liberallashtirish borasidagi sa'y-harakatlarini faol qo'llab-quvvatlaydi. Shu asosda Yevro-Atlantika mintaqasining mudofaa talablari doirasida Turkiya, Shvetsiyaning qo'shilish protokollarini parlamentga yuboradi va uni ratifikatsiya qilinishini ta’minlash uchun Assambleya bilan yaqin hamkorlik qiladi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar