Fidan:"Turkiya Shvetsiyaning Alyansdagi ishonchli hamkor ekanini his etmog‘i lozim"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO qarorgohida o’tkazilgan Turkiya-Finlyandiya-Shvetsiya vakillari uchrashuvidan keyin bayonot berdi.

2008278
Fidan:"Turkiya Shvetsiyaning Alyansdagi ishonchli hamkor ekanini his etmog‘i lozim"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Belgiya poytaxti Brusseldagi NATO qarorgohida o’tkazilgan Turkiya-Finlyandiya-Shvetsiya vakillari uchrashuvidan keyin bayonot berdi.

Hakan Fidan uchrashuvda Finlyandiya va Shvetsiyaning Madridda bo'lib o'tgan NATO sammiti chog'ida imzolangan uch tomonlama memorandum asosida, ayniqsa, terrorizmga qarshi kurashda tashlagan qadamlarining ko'zdan kechirilganligini bildirdi.

U shuningdek, Shvetsiyaning aksil terror qonunchiligiga rasmiyatchilik yuzasidan o‘zgarish kiritib, hujjatni amalda qo‘llamayotgani NATOga a’zo bo‘lish uchun yetarli emas, deya ta’kidladi.

“Stokgolm bu o‘zgarishlarni amalda qo‘llashi kerak. NATO harbiy ittifoq, Alyansning asosiy vazifalaridan biri terrorga qarshi kurash. Biz Shvetsiya xavfsizlik infratuzilmasi ig‘volar oldini olish uchun samarali mexanizm yarata olmayotganidan hayratdamiz”,-deydi Hakan Fidan.

Shvetsiya xavf-xatar tug‘dirmasligi kerak, aksincha NATO doirasida terrorga qarshi kurashga hissa qo‘shishi lozim. Turkiya Shvetsiyaning Alyansdagi ishonchli hamkor ekanini his etmog‘i lozim, deya qo‘shimcha qildi Hakan Fidan.

“NATOga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan davlatlar terrorizmga qarshi kurashda qat’iy pozitsiyada turishi shart”,- deydi u.

“Boshqa tomondan, Qurbon hayitining birinchi kunida musulmonlarning muqaddas kitobi Qurʼonga shafqatsizlarcha hujum qilinishiga yoʻl qoʻyilishi bizni eʼtibordan chetda qoldiradigan holat emas. Shvetsiyaning terrorizmga qarshi kurashga qanday hissa qo'shishi muhokamaga ochiq bo'ladi",- deb ta’kidlaydi Turkiya TIV rahbari.

Fidanning ta'kidlashicha, Shvetsiyaning o'z majburiyatlarini bajarganligi haqidagi iddaolar alohida ko’zdan kechirilishi kerak. Ular "vaqt bosimi" usuli sifatida foydalanishni ma'qullamaydilar.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar