Turkiya delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz va G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi BAA prezidenti Mohammed bin Zayed Al Nahyon tomonidan qabul qilinadi.

2002928
Turkiya delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi

 

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz va G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi.

Turkiya delegatsiyasini Abu Dabi xalqaro aeroportida BAA adliya vaziri Abdulla bin Sulton bin Avad Al Nuaimi, Turkiyaning Abu Dabidagi elchisi Tugay Tuncher va boshqa manfaatdor tomonlar kutib oldi.

Tashrif doirasida ikki mamlakat vakillari o'rtasida qator uchrashuvlar o'tkazilishi rejalangan.

Uchrashuv va muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari ko’zdan kechiriladi. Unda BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Bin Zayed Al Nahayon ham ishtirok etadi.

Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz va G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek keyinroq, BAA prezidenti Mohammed bin Zayed Al Nahyon tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumotga ko’ra, yaqin kunlarda Turkiya Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'anning BAAga rasmiy tashrifi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA

Aloqador xabarlar