Erdo‘g‘an Shvetsiyadan terrorizmga qarshi qonunni amalda qo‘llashini kutmoqda

Anqaraning Stokgolmni NATOga kirishi bo‘yicha arizasini ma’qullashi aynan shunga bog‘liq. Bu haqda Erdo'g'an kecha, 14 may kuni Ozarbayjondan qaytgach, bergan intervyusida ma’lum qildi.

1999804
Erdo‘g‘an Shvetsiyadan terrorizmga qarshi qonunni amalda qo‘llashini kutmoqda

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Shvetsiyadan terrorizmga qarshi qonunlarni amalda qo‘llashini kutmoqda, Anqaraning Stokgolmning NATOga kirish bo‘yicha arizasini ma’qullashi aynan shunga bog‘liq.

Bu haqda u kecha, 14 may kuni Ozarbayjondan qaytgach, bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Vilnyus (Litva)da NATO sammiti bo‘lib o‘tadi. Agar fors-major holatlar bo‘lmasa, men unda ishtirok etaman. Shvetsiyaning sammit bilan bog‘liq umidlari biz ularni ma’qullashimizmi anglatmaydi. Birinchidan, Shvetsiya o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak. Mamlakat qonunlari va konstitutsiyasida huquqni muhofaza qilish organlarining huquqlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ulardan foydalanish kerak. Agar ular qo‘llanilmasa, Vilnyusda biz Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi masalasida ijobiy javob bera olmaymiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Prezidentning eslatishicha, aynan bugun Turkiya poytaxti Anqarada Shvetsiyaning Turkiya shartlarini bajarishdagi muvaffaqiyati bo‘yicha to‘rt tomonlama mexanizm yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.  

“Uni bosh maslahatchim Akif Chig‘atoy Qilich olib boradi. U ishtirokchilarga o‘z prezidentining fikrini, xususan Vilnyusda boshqacha kutish befoyda ekanini yetkazadi”, deydi Turkiya rahbari. 

U, shuningdek, Shvetsiyani yaxshi niyat bilan harakat qilishga va terrorchilar namoyishlar o‘tkazmasligini ta’minlashga chaqirdi.

Stokgolmda bo‘lib o‘tayotgan Doimiy qo‘shma taraqqiyot mexanizmi yig‘ilishida NATO Bosh kotibi idorasi rahbari Stian Yenssen, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yan Knutssonv va Finlyandiya tashqi ishlar vazirining doimiy o‘rinbosari Yukka Salovaara ishtirok etmoqda. 

Shvetsiya va Finlyandiya 2022 yilning may oyida NATOga qo‘shilish uchun ariza bergan, biroq Turkiya PKK , PYD  va YPG tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni va 2016 yilda terrorchilik yoki davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etishda ayblanganlarni ekstraditsiya qilishni talab qilib, qo‘shilish jarayoniga to‘sqinlik qilgan. 

2022 yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Erdo‘g‘an, o‘sha paytdagi Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Memorandum imzolandi, bu o‘ziga xos yo‘l xaritasi bo‘lib, Stokgolm va Xelsinkiga NATOga qo‘shilish imkonini berdi. Joriy yilning 31 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni tasdiqladi, mamlakat 4 aprelda alyansga a’zo bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shvetsiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar