Prezident Erdoʻgʻan: “Turkiya asri ayni vaqtda Turk dunyosi asri boʻladi”.

Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kecha Ozarbayjonga uyushtirgan tashrifi haqida ma’lumot boʻlishdi.

1999341
Prezident Erdoʻgʻan: “Turkiya asri ayni vaqtda Turk dunyosi asri boʻladi”.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, «Turkiya asri»ning ayni vaqtda «Turk dunyosi asri» ham boʻlishini ta’kidladi.

Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kecha Ozarbayjonga uyushtirgan tashrifi haqida ma’lumot boʻlishdi va unda:

“14-28-may kunlari boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng ilk tashrifimizni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan Ozarbayjonga uyushtirish orqali, birdamligimizni oʻrtaga qoʻydik. Ollox doʻstligimizni davom ettirsin. Umid qilamanki, Turkiya asri ayni vaqtda Turk dunyosi asri boʻladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turk Davlatlari Tashkilotining institutsional salohiyatini kuchaytirish uchun birgalikda mehnat qilganliklarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan mavzu haqida shuningdek:

“Turkiya va Ozarbayjon sifatida Sharq va Gʻarb oʻrtasida strategik mavqega egamiz. Qardoshligimizga munosib tarzda savdodan energetikaga, mudofaa sanoatidan transportga qadar har sohadagi hamkorligimiz yanada chuqurlashadi. Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan mintaqamiz yanada farovon sharoitlarga erishadi. Ilhom ukam bilan bu muloqot jarayonini toʻliq muvofiqlashtirilgan holda olib boramiz. Yaqin kelajakda bu muloqotlarning ijobiy natijalarini koʻrishimizga ham ishonchim komil. Shu munosabat bilan bizga «ikki davlat, bir millat» shiorini meros qilib qoldirgan Ozarbayjonning umummilliy lideri Haydar Aliyevni, tavalludining 100-yilligi munosabati bilan rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olaman. Muzaffar Ali Bosh qoʻmondon, Prezident Ilhom Aliyev qardoshim bilan birgalikda har sohada aloqalarimizni rivojlantirishni davom etamiz”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar