Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Ozarbayjonga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi Mihriban Aliyeva tomonidan kutib olindi. Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’an sharafiga poytaxt Bakudagi “Guluston” saroyida ziyofat berildi.

1998811
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an Ozarbayjonga tashrif buyurdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an kecha, 12 iyun dushanba kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan, davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga safar qildi.

Tashrifning rasmiy qismi bugun, 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatlar rahbarlarining yuzma-yuz muloqoti, shuningdek, delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazilishi kutilmoqda.

Oliy martabali mehmon Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi Mihriban Aliyeva tomonidan kutib olindi.

Prezident Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emine Erdo’g’an sharafiga poytaxt Bakudagi “Guluston” saroyida ziyofat berildi.

Saroydagi tantanali tadbirda ko‘plab san’atkorlar sahnaga chiqdi.

Ma’lumotga ko’ra, Erdo’g'an bugun Bakudagi Ozarbayjon va Turk shahidlar qabristonini ziyorat qiladi.

So’ngra, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan tor doiradagi va delegatsiyalararo uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Erdo’g’an va Aliyev muzokaralar yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazadi.

“Anadolu” axborot agentligi xabar berishicha, Erdo’g‘an Bakudan oldin Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif buyurgandi. Turkiya yetakchisi an’anaga muvofiq saylovdan keyin birinchi bo‘lib aynan shu ikki davlatga safar uyushtirdi.

Erdo’g‘an u yerda “Biz yana 50 yil dosh berolmaymiz, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining teng maqomini xalqaro miqyosda tasdiqlatish biz uchun zaruriy shartdir”, deya bayonot berdi.

Ta’kidlash joizki, Kipr 1974 yil davlat to‘ntarishi natijasida ikkiga bo‘lingan. Harbiy amaliyot natijasida turklarga orolning 37 foiz hududi o‘tgan, qolgani Kipr nazoratida. 1983 yil Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil etilgan, biroq hudud xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar