Turkiya Somalidagi terror hujumini qoraladi

Turkiya, Somalining Buulo Mareer hududida ugandalik tinchlikparvar kuchlariga qarshi uyushtirilgan terror hujumini qoraladi.

1991756
Turkiya Somalidagi terror hujumini qoraladi

Turkiya, Somalining Buulo Mareer hududida joylashgan Afrika ittifoqi Somali oʻtish missiyasida xizmat qilgan ugandalik tinchlikparvar kuchlariga qarshi uyushtirilgan terror hujumini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Turkiyaning Somalidagi ugandalik tinchlikparvar kuchlariga qarshi uyushtirilgan terror hujumini qoralashi, Somali xalqining tinchligi va xavfsizligi uchun xizmat qilayotgan paytda hayotdan koʻz yumgan kuchlar vafotidan qaygʻuda ekani, ularning yaqinlari bilan doʻst Uganda va Somali xalqiga ta’ziya izhor etgani, tan jarohati olganlarga shifo tilashi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek:

“Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Somalining yonida boʻlishni davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar