Erdo'g'an va Mitsotakis uchrashuvi Gretsiya matbuoti nigohida

Gretsiya telekanallari Bosh vazir Kiriakos Mitsotakisning Anqaraga tashrifini batafsil yoritib bordi.

2139440
Erdo'g'an va Mitsotakis uchrashuvi Gretsiya matbuoti nigohida

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning Turkiyaga tashrifi va mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan uchrashuv Gretsiya matbuotida keng yoritildi.

Gretsiya telekanallari Mitsotakisning Anqaraga tashrifini batafsil yoritib bordi.

ERT davlat telekanali yetakchilarning matbuot anjumani ortidan mutahassis mulohazalariga o'rin berdi.

 

Teleko'rsatuvda "O'ta samarali va konstruktiv Turkiya-Gretsiya aloqalari" jumlasiga e'tibor qaratilib, Turkiya-Gretsiya munosabatlarida yangi sahifa ochilgani haqida mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “Ikkala yetakchi ham Egey dengizida sokin muhitning davom etishi tarafdori ekanini ko’rsatdi”,- degan ifodalarga o'rin berildi.

"Ta Nea" gazetasi xabarni “Egey dengizida doimiy osoyishtalik kelishuvi” sarlavhasi bilan chop etar ekan, Ankaradagi muzokaralardan so'ng, Mitsotakis sharafiga berilgan ziyofatda ko'rsatilgan samimiy mehmondo'stlikka e’tibor qaratdi.

“To Vima” gazetasining ta’kidlashicha, uchrashuv ba’zi fikrlardagi farqlarga qaramay yaxshi muhitda o’tgan.

"Kathimerini" gazetasi, yetakchilarning "ikki qo'shni davlat hamkorlik va aloqalarni oshirishi kerak" degan so'zlariga e'tibor qaratdi.

"Proto Thema" gazetasi ham Turk-Yunon ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini va ikki liderning mamlakatlar o'rtasidagi savdoni ikki barobarga oshirish maqsadini o'z muhlislariga taqdim etdi.



Aloqador xabarlar