Erdo'g'an saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonishiga ishonmoqda

“28 may kuni 14 maydagiga nisbatan ko‘proq ovoz olib, g‘alaba qozona olamiz. Umid qilamanki, bu tarixiy voqea bo‘ladi”, deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.

1987034
Erdo'g'an saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonishiga ishonmoqda

 

Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.

“28 may kuni 14 maydagiga nisbatan ko‘proq ovoz olib, g‘alaba qozona olamiz. Umid qilamanki, bu tarixiy voqea bo‘ladi”, deb yozdi davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.

Erdog‘an Turkiyadagi yakshanba kungi saylovlarning rekord darajadagi faollik bilan o‘tganini qayd etdi. Bu borada mamlakat Markaziy saylov komissiyasi xabar qilganidek, unda saylovchilarning taxminan 89 foizi ishtirok etgan.

Davlat rahbari saylovlarni “demokratiya va Turkiyaning 85 million fuqarosi bayrami”, deb atadi.

“Turkiya eng rivojlangan demokratik davlatlardan biri ekanini namoyish etdi”, deb qo‘shimcha qildi u.

14 may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida nomzodlardan hech biri saylovchilarning 50 foizdan ortiq ovozini to‘play olmagani uchun 28 mayda saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar