Sudandan evakuatsiya qilingan turklar Turkiyaga yetib keldi

Kechqurun Efiopiya poytaxti Addis Ababadan parvoz qilgan Turk Havo Yo'llari samolyoti soat 01:10 da Istanbul aeroportiga qo'ndi. Unda 189 nafar Turkiya fuqarosi mamlakatga olib kelindi.

1979448
Sudandan evakuatsiya qilingan turklar Turkiyaga yetib keldi

 

Turkiya hukumati notinchlik hukm surayotgan Sudandan o’z fuqarolarini evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda.

Sudanda 15 apreldan beri armiya va Tezkor harakat kuchlari o'rtasidagi to'qnashuvlar tufayli mamlakatdan evakuatsiya qilingan yana 189 kishi Turkiyaga qaytdi.

Kechqurun Efiopiya poytaxti Addis Ababadan parvoz qilgan Turk Havo Yo'llari samolyoti soat 01:10 da Istanbul aeroportiga qo'ndi. Unda 189 nafar Turkiya fuqarosi mamlakatga olib kelindi.

Evakuatsiya qilingan fuqarolardan biri Naji Akgun turklarni Sudandagi to’qnashuvlar changalidan xavfsiz evakuatsiya qilgan davlat rasmiylariga minnatdorlik bildirdi.

"Shartlar og'ir edi. Barcha davlatlar o'z fuqarolarini bir vaqtning o'zida evakuatsiya qilmoqchi bo’ldi. Alloh rozi bo'lsin, qo'lidan kelganini qildilar. Turkiyaga qaytgan birinchi karvonmiz. Biz juda xursandmiz. Turkiya, Sudan va Efiopiya elchixonalariga minnatdorlik bildiramiz”,-dedi Naji Akgun.

U shuningdek, Sudanda to'qnashuvlar davom etayotganini ma’lum qildi.

"Ko'chalarda otishmalar davom etmoqda. Alloh Sudan xalqini o’z panohida asrasin! Sudanlik birodarlar yaxshi insonlar. Sudan chiroyli mamlakat. Umid qilamizki, tinchlik o’rnatiladi va biz ishimizga qaytamiz" dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #Turkiya

Aloqador xabarlar