Turkiya Sudandan 500ga yaqin fuqarosini evakuatsiya qildi

Xartumda Afrika ko'chasidagi mehmonxonada to'plangan 500 ga yaqin Turkiya fuqarosi kechqurun 10 ta avtobusda mamlakatga yo'l oldi.

1978423
Turkiya Sudandan 500ga yaqin fuqarosini evakuatsiya qildi

 

Sudanda 15-apreldan beri armiya va Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Turkiya hukumati to’qnashuvlar tufayli mamlakatdagi turk fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 140 nafar turk 3 ta avtobusda poytaxt Xartumning janubi-sharqidagi Vad Madani shahridan yo'lga chiqdi.

Xartumda Afrika ko'chasidagi mehmonxonada to'plangan 500 ga yaqin Turkiya fuqarosi kechqurun 10 ta avtobusda mamlakatga yo'l oldi.

Poytaxt shimolida maxsus joylarga to'plangan yana taxminan 400 nafar Turkiya fuqarosi imkon qadar tezroq evakuatsiya qilinadi.

Turkiya fuqarolari Efiopiya poytaxti Addis Ababadan havo yo'li orqali Istanbulga olib kelinadi.

Turkiya evakuatsiya karvonida Ozarbayjon, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Yaman kabi ko'plab davlat fuqarolari ham bor.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an 20-aprel kuni Sudan Suverenitet Kengashi Raisi va Armiya qo’mondoni general Abdulfettah al-Burhan va Sudan Suverenitet Kengashi o’rinbosari Tez yordam kuchlari qo’mondoni Muhammed Hamdan Dagalu bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ham 22 aprel kuni Sudan Tashqi ishlar vaziri Ali es-Sadik bilan telefon orqali muloqot qilgandi.

Ko'plab davlatlar o'z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Turkiyadan yordam so'ramoqda.

Suveren kengashga (mamlakat boshqaruv organi) ham rahbarlik qilayotgan armiya qo‘mondoni Abdulfattoh al-Burxon va uning kengashdagi o‘rinbosari maxsus kuchlar qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Sudanda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Joriy yilning 15 aprel kuni avj olgan to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar (RSF) jangarilari mamlakatdagi kamida uchta aeroportni, shuningdek, qator harbiy ob’ektlar va Prezident saroyini egallab olganini aytishgan.

 

To’qnashuvlarda 413 kishi hayotdan ko’z yumgani, 3551 kishi tan jarohati olgani qayd etilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #Turkiya

Aloqador xabarlar