Istanbulda Moliya markazi ochildi

Erdo'g‘an tadbirda so‘zga chiqib, mazkur majmuaning mahalliy va xorijiy moliya tuzilmalari bilan hamkorligi natijasida yangi moliya ekotizimi yaratilishini ta’kidladi.

1976238
Istanbulda Moliya markazi ochildi

 

Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Moliya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an tadbirda so‘zga chiqib, mazkur majmuaning mahalliy va xorijiy moliya tuzilmalari bilan hamkorligi natijasida yangi moliya ekotizimi yaratilishini ta’kidladi.

Global moliyaning yo'nalishi tobora g‘arbdan sharqqa siljayotganiga diqqat qaratgan Erdo‘g‘an, tarixda sharq va g‘arb o‘rtasida ham geografik, ham savdo ko‘prigi vazifasini o‘tagan Istanbul moliya bozorlari o‘rtasida ham ko‘prik bo‘lganini aytdi. 

Istanbulni dunyoning yetakchi moliyaviy markazlaridan biriga aylantirganligini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Istanbul tarixda mamlakatning moliyaviy markazi bo'lgani kabi, endilikda u yana zamonaviy moliyaviy markaz bo'lish vazifasini o'z zimmasiga oladi",-dedi.

Prezident shuningdek, Istanbul moliya markazi Turkiyani global moliya markaziga aylantirish uchun ishlab chiqilgan istiqbolli loyiha ekanligini aytdi.

“Istanbul moliya markazimizda umumiy maydoni 1,4 million kvadrat metr bo'lgan 21 ta ofis binosi, 100 ming kvadrat metrlik savdo markazi, 2 ming 100 kishilik kongress markazi, mehmonxona va aqlli shahar modeli mavjud. 26 ming 500 avtomobil sig'imiga ega. Bu xususiyat bilan ish dunyosining barcha ehtiyojlarini qondiradi”,- dedi Turkiya prezidenti.

 

OAV qayd etishicha, 1.4 million kvadrat/metr maydonni egallagan markaz qurilishiga 64 milliard lira (3.3 milliard dollar) sarflangan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Istanbul

Aloqador xabarlar