Chavusho‘g‘lu: Nafaqat Turkiya balki butun Turk dunyosi kuchli bo‘lishi shart

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli Do‘shemealti tumanida ishtirok etgan iftorlik dasturida so‘zga chiqdi.

1975535
Chavusho‘g‘lu: Nafaqat Turkiya balki butun Turk dunyosi kuchli bo‘lishi shart

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya, boshqalarning fitna va tsenariylariga mos davlat emasligi va o‘z o‘yinini o‘z uyushtirganini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning Antaliya viloyatiga qarashli Do‘shemealti tumanida ishtirok etgan iftorlik dasturida so‘zga chiqdi.

O‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan va 6-fevralda sodir bo‘lgan yer silkinishlari yetkazgan ziyonni bartaraf etish uchun bor kuchi bilan faoliyat olib borayotganliklarini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu,

“Biz kuchli davlat va millatmiz. Buni ham yengamiz. Shaharlarimizni qayta tiklash uchun bundan ham kuchli tuzilmalar qurish ustidan kerakli faoliyatlarni davom etmoqdamiz”.-deya gapirdi.

Chavusho‘g‘lu, dunyodagi urushlarning ko‘pchiligi Turkiyaga yaqin hududlarda yuz berayotgani va Turkiya mintaqadagi bu muammolarni hal qilishga harakat qilganini bildirdi.

Urush va inqirozlar ziyonini kamaytirish uchun Turkiya barqarorligi muhimligini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, “20 yil ichida mamlakatimizni yaxshi nuqtaga olib chiqdik. Kuch-qudrat kurashi va poygasida Turkiya markazda bo‘lishi kerak. Xuddi bugungi kunda energiya va diplomatiya markazida bo‘lganimizdek”. –degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri shuningdek,

“Yurtimizni har sohada birinchi oʻrinda tutamiz. Boshqalarning o‘yinlariga, boshqalar qalamga olgan tsenariyga mos davlat emasmiz. Biz o‘z o‘yinimizni o‘zimiz uyushtiramiz. Dasturxonni o‘zimiz tuzab, istamagan dasturxonni yig‘ishtirib qo‘yamiz. Sohaga ham ishonamiz, stolda ham, zalda ham kuchlimiz. Nafaqat Turkiya balki butun Turk dunyosi kuchli bo‘lishi shart. Jon Ozarbayjon ishg‘ol ostidagi tuproqlarini qaytarib oldi. Turk kuchini va qudratini namoyish etdi. Turk dunyosini birlashtirdik”.-dega gapirdi.

 



Aloqador xabarlar