Turkiyaning birinchi milliy kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirish keyinga qoldirildi

Bu haqda TUBİTAK (Turkiya Ilmiy va Texnik Tadqiqot Kengashi) tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

1973601
Turkiyaning birinchi milliy kuzatuv sun’iy yo‘ldoshini uchirish keyinga qoldirildi

 

Turkiyaning birinchi mahalliy va milliy kuzatuv sun'iy yo'ldoshi "IMECE"ning metr ostidagi o'lchamlari bilan uchirish operatsiyasi yana bir bor kechiktirilganligi ma'lum qilindi.

Bu haqda TUBİTAK (Turkiya Ilmiy va Texnik Tadqiqot Kengashi) tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, "IMECE" sun'iy yo'ldoshini o'z orbitasiga olib chiqadigan "Falcon 9" raketasining ishlashi uchun mas'ul bo'lgan "SpaceX" kompaniyasi "IMECE"ni bugun ishga tushirish mumkin emasligini rasman e'lon qilgan.

14-aprel, juma kuni soat 09.48 ga qoldirilgan uchirilishning aniq sanasi va vaqti keyinroq maʼlum qilinishi bildirildi.

Boshqa tomondan, "SpaceX"ning Twitter akkauntidagi postda qo'shimcha vaqt jamoalarga uchirilishdan oldingi tekshiruvlarni yakunlash va ob-havo sharoitini hisobga olish imkonini berishi ta'kidlangan.

Kecha ertalab amalga oshirilishi rejalashtirilgan uchirish bir kunga qoldirilgani avvalroq ma`lum qilingan edi. "SpaceX" bayonotida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilgani aytildi.

"IMECE" sun’iy yo‘ldoshi 21-fevral kuni AQShdagi Vandenberg kosmik kuchlari bazasiga jo‘natilgandi.

“IMECE” Turkiya fazo texnologiyalari tadqiqot instituti muhandislari tomonidan yaratilgan.

“IMECE” loyihasini amalga oshirish 2017 yil Mudofaa vazirligi va Mudofaa sanoati boshqarmasi bilan kelishilgan holda boshlangan. Ayni jarayonda erishilgan natijalar keyingi avlod platformalarini yaratish uchun asos bo‘ladi.

Orbitada sinovdan o‘tkazilgach, og‘irligi 700 kg, o‘lchami 2x3.1 metrli qurilma Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi ixtiyoriga beriladi. Yo‘ldosh bir vaqtning o‘zida uzunligi 1000 km, eni 16.73 km maydonni suratga olish, sekundiga 320 megabayt umumiy ma’lumotni uzatish darajasida yer osti stansiyasiga surat yuklash imkoniga ega.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #IMECE

Aloqador xabarlar