Erdo'g'an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

Turkiya sifatida Falastinni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini ifoda etgan Erdo'g'an, Falastinning Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalar tufayli ko'rsatgan birdamligi uchun minnatdorlik bildirdi.

1966501
Erdo'g'an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, yetakchilar suhbat chog'ida bir-birlarini Ramazon oyi munosabati bilan tabrikladilar.

Turkiya sifatida Falastinni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini ifoda etgan Erdo'g'an, Falastinning Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalar tufayli ko'rsatgan birdamligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Erdo'g'an Jazoir Prezidenti Abdulmecid Tebbun bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida, Turkiya-Jazoir munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan qadamlar va mintaqaviy o'zgarishlar muhokama qilindi.

Erdo'g’an Jazoir prezidentiga Turkiyadagi zilzilalardan so'ng, ko’rsatgan birdamlik va insonpavarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlariga o'z tabriklarini yetkazdilar.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar