Ozarbayjondan kelgan qutqaruvchilarning bir qismi hali ham Kahramanmarashda

Turkiyada, 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlarida 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi.

1955695
Ozarbayjondan kelgan qutqaruvchilarning bir qismi hali ham Kahramanmarashda
proteo kopek.jpg
yabanci arama kurtarma1.jpg
yabanci arama kurtarma.jpg
azerbaycan arama kurtarma.jpg
deprem arama kurtarma.jpg

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan, mamlakatning 11 viloyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yer silkinishlari ortidan dunyoning 90 davlatidan qidiruv-qutqaruv guruhlari Turkiyadagi faoliyatlarni qo‘llab-quvvatladi.

“Asr falokati” deb ta’riflangan yer silkinishlarida xorijiy guruhlar, yuzlab insonni vayronalar ostidan qutqardi.

Har bir tabiiy ofatda bo‘lgani kabi bu gal ham Turkiyaning ilk yordamiga eng avvalo Ozarbayjon yetib keldi. Ozarbayjonlik jami 899 kishilik guruh Kahramanmarashda qidiruv-qutqaruv faoliyatlari yuritib, 53 kishini vayronalar ostidan tiriklayin olib chiqdi.

Mamlakatdagi faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlagan dunyoning 89 davlatidan kelgan guruh o‘z yurtiga qaytar ekan, ozarbayjonlik guruhdan 309 kishi hali ham Kahramanmarashda faoliyat yuritmoqda.



Aloqador xabarlar