Erdo'g'an Isroil boshqaruvi Gitler kabi la’natlanishini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an bu haqda Istanbulda o’tkazilgan “Turkiya asri konstitutsiyasi, fuqarolik konstitutsiyasi, kuchli Turkiya” simpoziumida so’zlagan nutqida tilga oldi.

2144792
Erdo'g'an Isroil boshqaruvi Gitler kabi la’natlanishini aytdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahridagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumini qoralab, yahudiy davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Adolf Gitlerga qiyosladi. 

“Hozirgacha 36 mingdan ortiq falastinlik birodarimizni shahid qilgan genotsid qotillari, kecha xavfsiz hudud deb e’lon qilingan Rafahdagi qochqinlar lagerida tinch aholining ustiga raketa va bomba yog‘dirdi. Xalqaro sudning hujumlarni to‘xtatish chaqirig‘idan keyin sodir bo‘lgan bu qirg‘in terror davlatining qonli va xoin yuzini yana bir bor oshkor qildi. Netanyaxu va uning qotillik tarmog‘i Falastin xalqining qahramonona qarshiligini sindira olmay, burchakka tiqilib talvasaga tushmoqda va ko‘proq qon to‘kish orqali siyosiy umrini uzaytirishga harakat qilmoqda”, deydi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, kelajak avlodlar Netanyaxuni Gitler, Miloshevich, Karajich va u taqlid qilgan boshqa fir’avnlar kabi qarg‘ish bilan eslashdan qochib qutula olmaydi.

“Turkiya o‘laroq insoniylikdan zarra ham bo‘lmagan bu qotillar bu vahshiyliklariga hisob berishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Alloh Falastin xalqiga va g‘azolik birodarlarimizga yordam bersin. Begunoh insonlarni, jumladan, go‘daklarni, bolalarni, ayollarni, keksalarni, tinch aholini o‘ldirganlarni Allohim “Qahhor” nomi hurmati baxtsiz qilsin”, deydi Turkiya rahbari. 

27 mayga o‘tar kechasi Isroil kuchlari Rafah shimoli-g‘arbidagi Tal as-Sulton hududidagi chodir lageriga hujum qildi. Qochqinlar lagerini bombalash oqibatida kamida 40 falastinlik halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ko‘p. 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar