Fahrettin Altun Isroilning Rafahdagi qatliomiga munosabat bildirdi

Aloqa direktori Fahrettin Altun, Isroil G'azoda xavfsiz hudud deb e'lon qilgan Rafahdagi so'nggi qatliomga munosabat bildirdi va mas'ullarning javobgarlikka tortilishiga chaqirdi.

2144847

Fahrettin Altun ijtimoiy tarmoqdagi postida Isroilning urush va insoniyatga qarshi jinoyatlar qilgan rejim sifatida tarixga kirishiga urg'u berdi.

"Aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak", dedi u.

“Tel-Avivdagi qotil rejim sivilizatsiyalashgan dunyoning ko’z o’ngida genotsid jinoyatini sodir etganiga” urg’u bergan Altun, Isroilning yagona maqsadi Falastin yerlarini ishg’ol qilishni davom ettirish ekanligini ta’kidladi.

Aloqa direktori Altun,

“Falastinliklarni himoya qilish bizning burchimizdir. Dunyo endi kutib turolmaydi. Isroilliklar nima demasin, biz bu zo‘ravonlikni to‘xtatib, tezroq Falastin davlatini barpo etishimiz kerak.

  Bu urush tugashi kerak. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Inson huquqlari va qadr-qimmati faqat qog'ozda qolishi mumkin emas.

“Isroil insoniyatga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun javob berish vaqti keldi”, dedi u.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi Rafah shahrida ko‘chirilgan falastinliklarning chodirlariga uyushtirgan hujumida 40 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Aloqador xabarlar