Turkiya AQShning terrorizmga oid hisobotiga munosabat bildirdi

“AQSh Davlat departamentining 2021-yilgi terrorizmga oid hisobotida mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita tahdid solayotgan terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash ataylab buzib koʻrsatilgan",-deydi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich.

1954172
Turkiya AQShning terrorizmga oid hisobotiga munosabat bildirdi

 

Turkiya AQSh Davlat departamentining 2021-yilgi Terrorizmga oid hisobotiga munosabat bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich, hisobot haqidagi savolga shunday javob berdi:

“AQSh Davlat departamentining 2021-yilgi terrorizmga oid hisobotida mamlakatimiz xavfsizligiga bevosita tahdid solayotgan terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash ataylab buzib koʻrsatilgan”.

Turkiya terror tashkilotlari, ayniqsa PKK/PYD/YPG, DHKP-C, FETO va DEAShga qarshi kurashini qonun asosida davom ettirayotganini va bu sohadagi xalqaro sa'y-harakatlarga samarali hissa qo'shayotganini ta'kidlagan Bilgich, "Hisobotda, PKK terror tashkilotining sherigi bo'lgan "SDF" deb atalmish terror tashkiloti AQShning DEASHga qarshi kurashdagi hamkori sifatida tilga olinishi AQSh ma'muriyatining boshqa bir terror tashkilotidan foydalanishning zararlarini haligacha tushunmaganini ko'rsatmoqda",-dedi.

Hisobotga Turkiyaning Suriya va Iroqdagi terrorga qarshi amaliyotlari tinch aholining qurbon boʻlishiga sabab boʻlganligi haqidagi iddaolarni kiritish ham gʻalati ekanligini taʼkidlagan Bilgich:

“Mamlakatimizda 2016-yilda sodir etilgan qonli to‘ntaruv tashabbusining ijrochisi bo‘lgan va o‘zi joylashgan har bir davlatda jinoiy faoliyatga qo‘l urgan FETOning terror tashkiloti xarakteri Turkiya adliya organlari tomonidan aniq dalillarga asoslangan sud qarorlari bilan ochib berildi. Shuning uchun hisobotda FETO a’zolariga qarshi kurashimizni siyosiy maqsadli deb ta’riflash qabul qilinishi mumkin emas. Amerika Qo’shma Shtatlaridan talabimiz FETOning u yerdagi faoliyatini imkon qadar tezroq to’xtashdir” dedi.

Bilgich shuningdek, hisobotda "mish-mish va noxolis matbuot xabarlariga asoslangan" iddaolardan iborat hisobotning jiddiyligiga shubha bilan qaraganini aytdi.

"Biz AQShni ittifoqchilik ruhiga muvofiq mamlakatimiz bilan birdamlik ko‘rsatishga va terrorizmga qarshi kurashda prinsipial, izchil, qat’iy va samarali yondashuvni qo‘llashga chaqiramiz”,-deydi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Tanju Bilgich.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar