Turkiyada zilzila oqibatida 100 nafar harbiy halok bo‘ldi

“Hozirgacha, ming afsuski, biz 100 nafar askarimizni yo‘qotdik. Hali ham vayronalar ostidan ikki nafar askarimizni qidirmoqdamiz”, – dedi Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar TRT telekanali efiridagi chiqishida.

1951093
Turkiyada zilzila oqibatida 100 nafar harbiy halok bo‘ldi

 

Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 100 dan ziyod harbiy vayronalar ostida qolib halok bo‘lgan.

“Hozirgacha, ming afsuski, biz 100 nafar askarimizni yo‘qotdik. Hali ham vayronalar ostidan ikki nafar askarimizni qidirmoqdamiz”, – dedi Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar TRT telekanali efiridagi chiqishida.

Eslatma: 6 fevralda Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida birin-ketin ikki marta 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish boshqarmasining ma’lumot berishicha, ofat qurbonlari soni shu kungacha 43 ming 556 kishiga yetdi.

Zilzila Turkiyaning 10 ta viloyati hamda Suriya hududiga katta talafot yetkazdi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar