Yevropa Parlamenti deputatlari zilzila zonasidagi vaziyat bilan tanishdi

Turkiya-Yevropa Ittifoqi qoʻshma parlament komissiyasi hamraisi Sergey Lagodinskiy, Yevropa Parlamentining Turkiya bo'yicha ma'ruzachisi, deputat Nacho Sanchez Amor Turkiyadagi zilzila zonasiga tashrif buyurdi.

1950227
Yevropa Parlamenti deputatlari zilzila zonasidagi vaziyat bilan tanishdi

 

Yevropa Parlamenti deputatlari Sergey Lagodinskiy va Nacho Sanches Amor Turkiyaga tashrif buyurib, zilzila zonasidagi vaziyat bilan tanishdi.

Bu haqda Yevroparlament tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, Turkiya-Yevropa Ittifoqi qoʻshma parlament komissiyasi hamraisi Yashillar/Yevropa erkin ittifoqining germaniyalik deputati Sergey Lagodinskiy, Yevropa Parlamentining Turkiya bo'yicha ma'ruzachisi va Sotsialistlar va Demokratlarning progressiv ittifoqi guruhi a'zosi Nacho Sanchez Amor zilzila zonasiga tashrif buyurdi.

Hatay va Gaziantepga tashrif buyurgan deputatlarning qo'shma bayonotida quyidagilar qayd etildi:

"Bugun biz tasavvur qilib bo'lmaydigan kattalikdagi vayronkor falokatni boshdan kechirgan turk xalqiga samimiy birdamligimizni va chuqur hamdardligimizni izhor qilish uchun keldik. Yevropa Ittifoqi-Turkiya munosabatlarida eng faol bo'lgan Yevropa parlamenti a'zolari sifatida biz ko'rgan manzaradan dahshatga tushdik. Yevropa Ittifoqi ushbu qiyin paytlarda Turkiya bilan yelkama-yelka turadi. Yevropa Ittifoqi qutqaruv guruhlari, kasalxonalar va gumanitar uskunalarni tezda yetkazib berish orqali birdamlik ko'rsatdi, ammo ko'p sonli jabrlangan odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun yordam vaqt o'tishi bilan davom ettirilishi kerak. Biz mart oyida rejalashtirilgan donorlar konferentsiyasi barqaror, samarali va shaffof yordam ko'rsatishda muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlashimiz kerak".

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila qurbonlari soni 43 mingdan oshdi. Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar