AFAD 270 nuqtada 300 809 ta chodir qurdi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD), yer silkinishi sodir bo‘lgan mintaqalarda chodir qurmoqda.

1949751
AFAD 270 nuqtada 300 809 ta chodir qurdi

Turkiyaning Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD), epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishidan ziyon ko‘rgan viloyatlarda 300 809 ta chodir qurdi.

AFAD tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, yer silkinishida uylari qulagan yurtdoshlarning vaqtinchalik ehtiyojini qondirish maqsadida mintaqaga ilk daqiqalardan e’tiboran chodir yetkazib berish ishlari boshlatilgan. Mazkur faoliyat hozir ham uzluksiz davom etmoqda.

Voqea yuz bergan viloyatlarning 270 nuqtasida bugungacha chodir shaharchalar qurishga muvaffaq bo‘lgan AFAD, shaxsiy chodir talablariga ham javob bermoqda.

Mintaqada, 300 809 ta chodir qurish ishlari tamomlandi.

Shu doirada:

  • Hatayda 69 ming 766,
  • Kahramanmarashda 66 ming 685,
  • Gaziantepda 49 ming 670,
  • Adiyamanda 45 ming 852,
  • Malatiyada 25 ming 380,
  • Adanada 17 ming 515,
  • Shanliurfada 8 ming 838,
  • O‘smaniyeda 7 ming 170,
  • Diyarbakirda 6 ming 328,
  • Kilisda 3 ming 605 chodir qurildi.

 

 



Aloqador xabarlar