Xalqaro hamjamiyatning Turkiyaga yordamlari davom etmoqda

Polshaning strategik zaxiralaridan zilzilalardan zarar ko’rganlar uchun  Turkiyaga 3 ta yuk mashinasi yangi yordam yubordi.

1946648
Xalqaro hamjamiyatning Turkiyaga yordamlari davom etmoqda

 

Polshaning strategik zaxiralaridan zilzilalardan zarar ko’rganlar uchun  Turkiyaga 3 ta yuk mashinasi yangi yordam yubordi.

Turkiyaning Varshavadagi elchisi Jengiz Komil Fırat, “asr falokati” deya ta’riflangan Qahramanmaroshdagi zilziladan keyin Polshaning qo’llab-quvvatlashi doirasida bir yuk mashinasi generatori, adyol va qishki chodirlar ham bo’lgan 3 yuk mashinasi Turkiyaga yuboriladi deb bildirildi.

Firat, Polsha tomonidan Turkiyaga yuborilgan qutqaruv guruhi 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo'lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalardan keyin olti soat ichida tayyor bo'lganini ta'kidlab, keyinchalik bu guruhga ba'zi konchilar ham qo'shilganini qo'shimcha qildi.

“Asr falokati” deya ta’riflangan zilzilalar ortidan Iroq hukumati Turkiyaga 30 ming tonna oltingugurt miqdori yuqori mazut yetkazib berishga qaror qildi.

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo'yicha o'rinbosari Erika Olson, Qahramanmaroshdagi zilzilalarga bag'ishlangan brifingda, AQSh hukumati 85 million dollarlik yordamiga qo'shimcha ravishda, AQSh xususiy sektori ham 50 million dollardan ortiq yordam berganini e'lon qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi o'rinbosari Vedant Patel, Turkiyani zilzila bilan bog'liq qo'llab-quvvatlashni davom ettirganliklarini bildirdi.

Suv, oziq-ovqat va tibbiy yordam kabi asosiy vositalar bilan ham qidiruv-qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlashni davom ettirganliklarini ifoda etgan Patel, "Bu biz bu mavzuda sodiq bo'lishni davom ettiramiz deb qayd etdi.

NATOning Italiyaning Neapol shahridagi mushtarak kuchlar qo'mondonligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, kamida 1000 konteynerdan iborat bo'lgan va zilzila qurbonlari uchun boshpana bo'ladigan ob'ektlarni Turkiyaga jo'natish uchun tayyorgarlik bir muddat oldin boshladi deb bildirgan.

Konteynerlarning birinchi qismi Turkiyaga olib o'tish va "yarim doimiy" turar joy ob'ektlarini qurish uchun Qo'shma kuchlar qo'mondonligi tomonidan muvofiqlashtirilgan transport faoliyati doirasida kelgusi haftada tashiladi.

Gruziyadan 85 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi Turkiyadagi falokat hududiga yetib borish uchun yo’lga chiqdi.

Gruziya Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan qilingan yozma bayonotda, ushbu guruhning Adıyamanda ishlashi qayd etildi.

Jamoa ilgari Adıyamanga yuborilgan guruh o'rnini egallashi ma'lum qilingan bayonotda quyidagi ma’lumotlar berildi:

"Yangi yuborilgan Gruziya qutqaruv guruhi zilziladan keyin tiklash va qutqaruv tadbirlarini amalga oshirish bo'yicha o'qitilgan o't o'chiruvchi-qutqaruv mutaxassislaridan iborat. Shuningdek, guruh zamonaviy qurilmalar,  IHAlar, aloqa vositasi va barcha turdagi maxsus qutqaruv uskunalari bilan jihozlangan".

Saudiya Arabistoni Turkiya va Suriyadagi zilziladan jabr ko‘rgan hududlarga 3000 ta konteyner uy jo‘natishini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistonidagi Qirol Salman gumanitar yordam markaziga qarashli Sahem platformasi orqali Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari uchun boshlangan yordam kampaniyasida yig’ilgan yordam miqdori 355 million 192 ming 630 rialga (taxminan 94 million dollar) yetdi.

Kolumbiyada zilzila qurbonlari uchun paketlangan posilkalar Turkiyaning Bogotadagi elchixonasi va Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida Turk Havo Yoʻllari (THY) yuk samolyoti bilan falokat hududiga joʻnatildi.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom, Turkiyaning zilzilalar tufayli dardlarini baham ko'rganliklarini bildirib, Turkiya va Suriyaga 37 million kron (taxminan 3 million 558 ming dollar) yordam yuborganliklarini bildirdi.

Norvegiya hukumati zilziladan jabr ko'rganlar uchun tez yordam samolyoti sifatida foydalanilgan harbiy transport samolyotini Turkiyaga yubordi.

 

Norvegiyaning zilzila qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashi Turkiya hukumati bilan yaqin hamkorlikda NATOning Yevro-Atlantikadagi tabiiy ofatlarga javob berishni muvofiqlashtirish markazi tomonidan muvofiqlashtirildi.

NATO bayonotiga ko'ra, Norvegiya tomonidan yuborilgan C-130J Hercules transport samolyoti 13 fevral kuni birinchi tibbiy evakuatsiya parvozini amalga oshirdi. Bu reysda zilzilalarda yaralangan 28 kishi Adanadan olib ketildi va Anqaradagi shifoxonalarga yetkazildi.

Bundan tashqari, Turkiyadagi zilzila qurbonlarini qo'llab-quvvatlash uchun Gollandiya va Angliyadan ham xuddi shunday samolyotlar ish olib borayotgani qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xalqaro hamjamiyat , #Yordam , #Zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar