Suriyadan Turkiyaga qochqinlar oqimi bo’lgani haqidagi da’volar asossiz deb bildirildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, zilzila tufayli Suriyadan Turkiyaga qochqinlar oqimi bo’lgani haqidagi da’volarning asossiz ekanligini bildirdi. Mevlud Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Liviya Tashqi ishlar vaziri Nejla el-Mengush bilan mushtarak

1945916
Suriyadan Turkiyaga qochqinlar oqimi bo’lgani haqidagi da’volar asossiz deb bildirildi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, zilzila tufayli Suriyadan Turkiyaga qochqinlar oqimi bo’lgani haqidagi da’volarning asossiz ekanligini bildirdi.

Mevlud Chavusho’g’li poytaxt Anqarada Liviya Tashqi ishlar vaziri Nejla el-Mengush bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

Chavusho’g’li, 6 Fevral kuni sodir bo’lgan va Suriyaga ham ta’sir qilgan Qahramanmarosh markazli zilzila tufayli bu o’lkadan Turkiyaga qochqinlar oqimi sodir bo’lgani haqidagi da’volarning haqiqatni aks ettirmaganini aytdi.

Ommani provokatsiya qilish uchun yolg'on ma'lumot tarqatish yaxshi niyatli yondashuv emasligini ta'kidlagan Chavusho'g'li,

“Biz xalqaro hamjamiyat va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga u (Suriyaga yordam berish uchun) chegara darvozalaridan o‘tib ketishi mumkinligini aytdik. Gap shundaki. Bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPG joylashgan hududlarga chegara eshiklarini ochganimiz yoki Suriyaliklar oqimi borligi to’g’ri emas” dedi.

Tashqi ishlar vaziri,

“Bu eshiklarning ochiqligi insonparvarlik yordami yetib borishi uchundir. Yolg'on ma'lumot tarqatish xayrixohlik emas'' dedi u.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Asossiz , #Qochin , #Suriya , #Mevlut Chavusho'g'li

Aloqador xabarlar