Prezident samolyoti zilziladan omon qolgan chaqaloqlarni Anqaraga olib keldi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an va uningning rafiqasi, birinchi xonim Emine Erdo'g'an poytaxt Etlik kasalxonasiga olib kelingan zilziladan omon qolganlarni ziyorat qildi.

1944876

Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bir yoshga ham to'lmagan 16 chaqaloq prezident samolyotida Kahramanmarasdan Anqaraga olib kelindi. Ularning eng kichigi 6 kunlik, eng kattasi esa endigina 2 oylik.

Shifokor Gungerer chaqaloqlarni muolajadan o'tkazgani haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bolalarning ahvoli barqaror va ularga hech narsa tahdid solmaydi.

“Ulardan ikki nafari vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular reanimatsiya bo'limida. Ular bir muncha vaqt qattiq nazorat ostida bo'lishadi”, dedi shifokor.

Emine Erdo'g'an kasalxonaga borganidan so'ng ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:

“Prezidentimiz ko'rsatmasi bilan Prezident samolyotida Kahramanmarashdan Anqaraga olib kelingan zilzila qurboni bo'lgan 16 nafar chaqaloqning sog'ligi umidlarimizni yangiladi. Ular davlatimizning ishonchli qo'llarida. Men ham vaziyatni shaxsan o'zim kuzatib boraman. Tabiiy ofatdan jabr ko'rgan barcha bolalarimizga hamdardlik bildiraman, jabrlangan go'daklarimizga esa tezroq sog'ayib ketishini tilayman”.

Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar