Xalqaro hamjamiyat Turkiyaga hamdardlik bildirib yordam taklif qilmoqda

Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulou va Bosh vazir Kiryakos Mitsotakis prezident Erdo’g'anga qo’ng’iroq qilib, zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi, yaradorlarga esa sog'ayib ketishini tiladi.

1943001
Xalqaro hamjamiyat Turkiyaga hamdardlik bildirib yordam taklif qilmoqda

 

Xalqaro hamjamiyat Turkiyaga yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilziladan keyin yordam taklif qilmoqda.

Gretsiya rasmiylari Afina va Anqara munosabatlaridagi jiddiy keskinliklarga qaramay, zilzila hududiga qutqaruv guruhlarini jo‘natishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Jumladan, mamlakat prezidenti Katerina Sakellaropulou va Bosh vazir Kiryakos Mitsotakis prezident Erdo’g'anga qo’ng’iroq qilib, zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi, yaradorlarga esa sog'ayib ketishini tiladi. “Gretsiya zudlik bilan yordam beradi”, deydi Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ham prezident Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, tabiiy ofatda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi, yaradorlarga esa sog'ayib ketishini tiladi.

Shuningdek, Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiya xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirib, yaradorlarga shifo tilaklarini yetkazdi. U qolaversa, Turkiyaga insonparvarlik yordami yuborishini ma’lum qilgan. 

“Xavfsizlik kuchlarimiz kerak bo‘lgan har qanday yordamni berishga tayyor”,- deb aytgan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant. 

“Biz hamkorlarimizga tezkor yordam beramiz”, deb yozgan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Twitter'da.

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ofat hududidagi vaziyatni kuzatib borar ekan, Turkiyaga yordam taklif qilgan, jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan.

Belgiya ham zilziladan keyin qutqaruv ishlariga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Turkiya va Suriya xalqlari bilan birgamiz. Yevropa Ittifoqi yordam berishga tayyor”, deb yozgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Turkiyaga zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tgan.

“Prezident Erdo‘g‘anga, turk xalqiga va Turkiyadagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman va barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Biz Turkiya xalqini bu qiyin paytda qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, deydi Zelenskiy.

Bundan tashqari, Iordaniya, Fransiya, Liviya, Somali, Qatar, Pokiston, Qozog’iston va O’zbekiston davlat rahbarlari Turkiyaga hamdardlik bildirib, yordamga tayyorligini bildirishgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar