Turkiya AQShni munosabatlarda muvozanatni saqlashga chaqirdi

AQSH Turkiya va Gretsiya bilan munosabatlarda muvozanatni saqlashi lozim, deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

1934390
Turkiya AQShni munosabatlarda muvozanatni saqlashga chaqirdi

 

AQSH Turkiya va Gretsiya bilan munosabatlarda muvozanatni saqlashi lozim, deydi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li.

AQSHning Gretsiyaga qurol-yarog‘, jumladan,  F-35 samolyotlarini sotishi haqidagi xabarga izoh berar ekan, Turkiya tashqi siyosat idorasi rahbari so‘nggi yillarda AQSH Afina bilan Anqaraga nisbatan munosabatlarda muvozanatga amal qilmayotganini ta’kidladi. “Bu siyosat Sharqiy O‘rtayer dengizidagi vaziyatga ham ta’sir  o‘tkazadi", - dedi u bosniyalik hamkasbi Biser Turkovich bilan dushanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng uyushtirilgan brifingda, deb yozmoqda Anadolu agentligi.

Uning aytishicha, Vashingtonning Kipr greklari uchun qurol yetkazib berishga qo‘yilgan embargodan voz kechishi ham oroldagi vaziyatga ziyon keltiradi.  

"AQSHdek ittifoqchi, muvozanatni saqlashi lozim", - deya ta’kidlagan brifingda turkiyalik vazir.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar