Shvetsiya elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Unga terror tashkiloti PKK/PYD/YPG tarafdorlari tomonidan poytaxt Stokholmda o'tkazilgan namoyishga Turkiyaning munosabati bildirildi.

1932079
Shvetsiya elchisi Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

 

Shvetsiyaning Turkiyadagi elchisi Staffan Xerrstryom Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Unga terror tashkiloti PKK/PYD/YPG tarafdorlari tomonidan poytaxt Stokholmda o'tkazilgan namoyishga Turkiyaning munosabati bildirildi.

Ushbu namoyishda Turkiya Prezidenti Erdo'g'anga nisbatan qoralash tashviqoti olib borildi.

Elchi Xerstryomga bu harakat keskin qoralangani va norozilik bildirilgani ta'kidlandi.

Elchi Xerrstryomdan Shvetsiyaning uch tomonlama kelishuv asosida olgan majburiyatlarini ochiqdan-ochiq buzgani qayd etildi. Shuningdek, Turkiyaga tahdid solgan bu kabi terroristik harakatlarga yo'l qo'ymaslik talab qilindi.

Shuningdek, shved diplomatiga Turkiyaning ushbu harakat aybdorlari aniqlanishi, kerakli choralar ko'rilishi va Shvetsiyaning o'z majburiyatlarini bajarishi kutilayotgani ham yetkazildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar