Erdo'g'an: "2023 yilda Turkiya yangi konstitutsiyani qabul qiladi"

Mamlakat Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an 2023 yilda davlat oldida turgan eng dolzarb maqsadlar haqida “Yeni Shafak” gazetasida intervyu berdi.

1927450
Erdo'g'an: "2023 yilda Turkiya yangi konstitutsiyani qabul qiladi"

 

Turkiyaning yangi konstitutsiyasini qabul qilish va uni dunyoning rivojlangan o‘nta davlati qatoriga kiritish Anqara uchun kelgusi yildagi ustuvor vazifalardan biridir.

2023 yilda mamlakatda Respublika e’lon qilinganining 100 yilligi keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakat Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an davlat oldida turgan eng dolzarb maqsadlar haqida “Yeni Shafak” gazetasida intervyu berdi.

“Turkiya asri dasturining birinchi maqsadlaridan biri mamlakatimiz uchun xalq irodasini to‘liq aks ettiruvchi konstitutsiyani qabul qilishdir. Shuningdek, respublikamizni siyosat, iqtisod, texnologiya, mudofaa va diplomatiya sohalarida dunyoning eng rivojlangan davlatlari o‘ntaligiga olib chiqishdir”,-deydi Turkiya prezidenti. 

 Uning ta’kidlashicha, faol tashqi siyosat tufayli Turkiya “mintaqaviy va global tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlovchi markaziy aktyor”ga aylanadi.  

“Hozir Turkiya barqarorlashtiruvchi kuch sifatida yanada adolatli dunyo g‘oyalari bayrog‘ini ko‘tarib turibdi. Biz insonparvarlik yordami va tinch diplomatiyani namoyish etishda sayyoramiz uchun namuna bo‘lamiz”, deb qo‘shimcha qiladi Erdo'g‘an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar