Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif uchun Turkiyaga keldi

Oliy martabali mehmon bugun, 22 dekabr kuni poytaxt Ankarada mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan uchrashadi.

1922331
Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri rasmiy tashrif uchun Turkiyaga keldi

 

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrem kecha, 21 dekabr kuni rasmiy tashrif uchun Turkiyaga keldi.

Oliy martabali mehmon poytaxt Ankarada mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan uchrashadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari 2023-yil yanvar oyida Shvetsiya tomonidan qabul qilinadigan Yevropa Ittifoqi raisligi doirasida sarhisob qilinadi.

Shuningdek, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish jarayoni, mintaqaviy va xalqaro muammolar ham muhokama qilinadi.

Uchrashuvdan so'ng ikki vazir qo’shma matbuot anjumani o'tkazadi.

Turkiya 28-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan NATO sammitida a’zolik uchun ariza bergan Finlyandiya va Shvetsiyaga veto qo‘ydi. Terror tashkilotlarini ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlagan ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar