Shvetsiya tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

Tobias Billstryom ertaga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalar muhokama qilinadi.

1921973
Shvetsiya tashqi ishlar vaziri ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom ertaga Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Tobias Billstryom ertaga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalar muhokama qilinadi.

Muzokaralar chog'ida Shvetsiya 2023-yil yanvar oyida o'z zimmasiga oladigan Yevropa Ittifoqi raisligi doirasida Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari, Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayoni va mintaqaviy va xalqaro mavzularda fikr almashish ko'zda tutilgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar