Erdo‘g‘an Türkiye-Ozarbayjon-Turkmaniston Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, amaliy tashrif bilan Turkmanistonda.

1918791
Erdo‘g‘an Türkiye-Ozarbayjon-Turkmaniston Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etmoqda
Cumhurbaşkanı Erdoğan-Serdar Berdimuhamedov.jpg
turkmenistan devlet baskani serdar berdimuhamedov-erdogan.jpg
aliyev-serdar berdimuhamedov-erdogan.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkmanistonda uyushtirilgan Türkiye-Ozarbayjon-Turkmaniston Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etmoqda.

Avaza mintaqasida boʻlab oʻtadigan sammitda liderlar, mintaqaviy mavzularni ham muhokama qiladi. Unda, energiya masalasi eng asosiy kun tartibi moddalaridan biri boʻladi.

Prezident Erdoʻgʻan sammitdan oldin ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazdi.

Erdo‘g‘an shu doiradagi ilk uchrashuvini Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbangulu Berdimuhamedov bilan amalga oshirdi.

Erdo‘g‘an - Berdimuhamedov uchrashuvi taxminan yarim soat davom etdi.

Prezident, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan ham uchrashdi.

Ikki davlat rahbarlari Türkiye – Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlardan tashqari, mintaqaviy masalalarni ham baholadi.

Türkiye – Ozarbayjon - Turkmaniston Davlat rahbarlari sammiti, oilaviy fotosessiya bilan boshladi.

Sammit, Davlat rahbarlarining uchrashuvi ortidan hay’atlaro uchrashuvlar bilan davom etadi.

Prezident Erdo‘g‘an kun davomida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ham o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi.



Aloqador xabarlar