Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Ertaga poytaxt Ankarada bo'lib o'tadigan rasmiy uchrashuvlarda Turkiya-Shvetsiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

1902954
Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning taklifiga binoan bugun mamlakatga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, ertaga poytaxt Ankarada bo'lib o'tadigan rasmiy uchrashuvlarda Turkiya-Shvetsiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, strategik hamkor Shvetsiya bilan NATOning Madriddagi sammiti doirasida imzolangan (Finlyandiya va Turkiya o'rtasida) uch tomonlama memorandum asosida Shvetsiyaning NATOga aʼzolik arizasi, Turkiya-Yevropa ittifoqi munosabatlari, global va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham muzokaralar olib borilishi koʻzda tutilgan.

Qayd etilishicha, avvalroq Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Billstrom terror tashkiloti PKK/YPG bilan aloqada bo'lish niyati yo'qligini bildirdi.

"Aftonbladet" gazetasiga bayonot bergan Tobias Billstrom, NATOning Turkiya bilan bo’lgan muzokaralari avvalgi Sotsial Demokrat hukumatiga qaraganda samaraliroq o’tganini va jarayonning muammosiz davom etganini qayd etdi.

"Bizning PKK va YPG bilan aloqada bo'lish kabi niyatimiz yo'q. Bu holat Turkiya hukumati tomonidan ham qayd etilgan. Hozirda Shvetsiyani boshqarayotgan hukumat ham PKKga xayrixoh bo'lganlar bilan hech qanday kelishuvga kirmaydi",-deydi u.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar