Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muloqot qildi

Tomonlar navbatdagi suhbatda Rossiya-Ukraina urushidagi so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qilgan.

1901435
Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 2 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar navbatdagi suhbatda Rossiya-Ukraina urushidagi so‘nggi o‘zgarishlarni muhokama qilgan.

Bu haqda Turkiya rahbari ma’muriyatining Aloqa boshqarmasi xabar berdi.  

Erdo‘g‘an suhbat chog'ida g‘alla tashishdagi muammoni hamkorlikda hal qilganligidan mamnunligini bildirgan.

Ukrainaning ham, Rossiyaning ham don mahsulotlarini sotish qobiliyati butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan Turkiya yetakchisi, g‘alla jo‘natish kelishuvining davom ettirilishining ahamiyatini urg‘ulagan. 

Shuningdek, u, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini to‘liq tiklaydigan tushuncha asosida urushning adolatli yechim bilan tugatilishi uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirish kerakligini bildirgan. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Twitter'da post e’lon qilib, Erdo‘g‘anga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 

“Men Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘anga g‘alla kelishuvini saqlashdagi faol ishtiroki, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdim. Biz ukrainalik harbiy asirlar va siyosiy mahbuslarni qaytarish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildik. Turkiyaning yordamiga to‘liq ishonaman”, deb yozgan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar