Turkiya prezidenti Erdo'g'an Samarqandga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon shahar aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan kutib olindi.

1880421
Turkiya prezidenti Erdo'g'an Samarqandga tashrif buyurdi

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, bugun Samarqandga tashrif buyurdi.

Turkiya OAV maʼlumotiga ko‘ra, oliy martabali mehmon shahar aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan kutib olindi.

Erdo'g'an Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasiga kelib, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi va qabriga gul qo‘ydi.

Safar davomida Turkiya rahbariga rafiqasi Emina Erdo’g‘an, mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog‘li, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez, G‘aznachilik va moliya vaziri Nuriddin Nebatiy, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Savdo vaziri Mehmet Mush, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Xakan Fidan, Prezident ma’muriyati huzuridagi mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir kabi qator hukumat vakillari  hamrohlik qilmoqda.

Turkiya rahbari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida "maxsus faxriy mehmon" sifatida ishtirok etadi.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti tashkilot tarixida birinchi bo‘lib Turkiya prezident darajasida ishtirok etadi.

Turkiya yetakchisining tashrifi dasturida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Eron Prezidenti Ibrohim Raysiy, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qirg'iziston prezidenti Sadir Japarov va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Erdo'g'an , #Samarqand , #Turkiya

Aloqador xabarlar