Erdo'g‘an: "Yevropa Inson huquqlari sudining Turkiya bo‘yicha qarori siyosiydir"

“YeIHS o‘z qarorlarida adolatli emas. Turkiyaga kelganda siyosiy qarorlar chiqaradi. Fransiya va Germaniya bo‘yicha esa, aksincha, farqli ravishda xulosa beradi”, dedi Erdo'g'an.

1875234
Erdo'g‘an: "Yevropa Inson huquqlari sudining Turkiya bo‘yicha qarori siyosiydir"

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘anning aytishicha, Yevropa Inson huquqlari sudi (YeIHS) Turkiyaga nisbatan siyosiy mulohazalar asosida qaror qabul qiladi.

“YeIHS o‘z qarorlarida adolatli emas. Turkiyaga kelganda siyosiy qarorlar chiqaradi. Fransiya va Germaniya bo‘yicha esa, aksincha, farqli ravishda xulosa beradi”, dedi Erdo'g'an.

“Anadolu” agentligi o'z xabarida Erdo'g‘anning bu haqdagi bayonotini e'lon qildi.

Turkiya yetakchisi mamlakatda yuridik sug‘urta nomi bilan mashhur bo‘lgan va turli davlatlarda qo‘llanadigan “Huquqiy himoya sug‘urtasi”ni joriy etish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi.

“Ayrim tashkilotlar mamlakatimiz adliya tizimini jinoiy to‘dalarning yaramas o‘yinlari qurboniga aylantirishga urinmoqda. Biz bunday sharmandalikka hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. Turkiya qora kuchlar tomonidan boshqariladigan davlat emasligini hamma ko‘radi va qabul qiladi”, dedi Erdo'g‘an.

Eslatma: Yevropa Inson huquqlari sudi Turkiya 46/1 moddani buzganlikda ayblangan qarorini iyul oyida e’lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar