Erdo'g‘an: "Maqsadim Putin va Zelenskiyni uchrashtirishdir"

Prezident Erdo'g'an bu haqda Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin bayonot berdi.

1871107
Erdo'g‘an: "Maqsadim Putin va Zelenskiyni uchrashtirishdir"

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 22 avgust kuni Rossiya va Ukraina rahbarlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida yaqin kelajakda Turkiyada muzokaralar tashkil etishni o‘z maqsadi deb bilishini aytdi. 

“Maqsadimiz –inqirozni hal qilish uchun imkon qadar tezroq Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni tashkil etish”, deydi Turkiya rahbari Anqarada Turkiya hukumati yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha xalqqa murojaati chog‘ida. 

Ayni paytda Erdo‘g‘an Ukrainadagi mojaroni Turkiya va butun insoniyat uchun ta’sir qiladigan “dunyodagi eng muhim inqiroz” deb atadi.  

"Turkiya bu urushning oldini olish va keyin uni tinch yo‘l bilan tugatish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. G‘alla inqirozini oldini olish mexanizmini yaratish ham bizning sa’y-harakatlarimiz tufayli amalga oshirildi. Dunyoda g‘alla yetishtirishning uchdan biridan ko‘prog‘ini Rossiya va Ukraina tashkil etishini hisobga olsak, Ukraina donining mamlakatimiz orqali jahon bozoriga jo‘natila boshlaganining o‘ziyoq insoniyat uchun katta voqeadir”, deb hisoblaydi Turkiya Prezidenti. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Rossiya , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar