Turkiya Isroilning G‘azoga sodir etgan hujumlarini qoraladi

Turkiya TIV Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholi hayotiga zomin bo'lgan operatsiyani, shuningdek, yahudiy ko‘chmanchilariga Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga borishlariga ruxsat bergan Isroil rasmiylarini qoraladi.

1864964
Turkiya Isroilning G‘azoga sodir etgan hujumlarini qoraladi

 

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoridagi tinch aholi hayotiga zomin bo'lgan operatsiyani, shuningdek, yahudiy ko‘chmanchilariga Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga borishlariga ruxsat bergan Isroil rasmiylarini qoraladi.

Bu haqda Turkiya TIV xabar qildi.

"Isroilning tinch aholiga qarshi kuch ishlatishda davom etayotgani va Al-Aqso masjidida ibodat qilish tashabbusini keskin ravishda qoralaymiz. Ma’dad tog‘i va Al-Aqso masjidining status-kvosini ochiqdan-ochiq buzishga qaratilgan harakatlar mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi. Biz yana bir marta Isroilni Al-Aqsoning maqomi va ma’naviy merosiga qarshi qaratilgan harakatlardan tiyilishga chorlaymiz", deyiladi bayonotda.

Ma'lum qilinishicha, Isroilda deputat Ben-Gvir boshchiligidagi yuzlab ko‘chmanchilar Al-Aqso masjidiga yaqinlashishi to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar