TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1850649
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Kecha 30-iyun kuni Suriya shimolidagi “Tinchlik bulog‘i”, “Zaytun novdasi” va “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududlarda PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 29 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Qahramon Turk askarlari terroristlarning ig‘vogar tusdagi tashabbuslariga ortiqchiligi bilan javob berishni davom etmoqda. Suriya shimolidagi Tinchlik bulog‘i, Zaytun novdasi va Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududlarda ig‘vogar tusda o‘q uzgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 29 terrorist yo‘q qilindi”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bugun, 1-iyul kuni esa Iroq shimolida “Panja-kalit” amaliyoti olib borilayotgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Iroq shimolidagi Panja-kalit amaliyotida aniqlangan PKKga a’zo 2 terroristning Turk Qurolli kuchlari tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.



Aloqador xabarlar